O‘zbekiston Rossiyani butun dunyoda obro‘ga ega mamlakat deb biladi va u bilan barcha yo‘nalishlarda aloqalarni rivojlantirish niyatida. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan muzokaralarda aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Biz Rossiyani butun dunyoda va mintaqada obro‘ga ega mamlakat deb bilamiz. Bizning tarixiy aloqalarimiz, madaniy, iqtisodiy aloqalarimiz — bularning barchasini tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Ikki mamlakatni bog‘lab turgan rishtalarni, o‘ylaymanki, siz bilan bundan keyin ham rivojlantiramiz”, — dedi Abdusalom Azizov.
U ikki mamlakat o‘rtasida kadrlar tayyorlash, bo‘linmalarning harbiy-texnik ta’minoti va harbiy tayyorgarligi sohasidagi hamkorlikni qayd etdi.
“Rossiyalik mutaxassislar juda ko‘p yordam bermoqda va, tabiiyki, O‘zbekiston delegatsiyasi va jamoalari ‘ArMI’da va ‘Armiya’ forumida qatnashmoqda. Ijobiy natijalar ham kuzatilmoqda”, — dedi O‘zbekiston mudofaa vaziri.
Izoh (0)