Gavayi orollaridagi Kilauea vulqonidan otilgan lava Tinch okeani qirg‘oqlariga yetib bordi. Bu haqda Associated Press’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Lava oqimi vulqondan g‘arb tomonga 24 kilometr masofaga tarqalgan va Katta orolning janubiy qirg‘og‘iga yetib borgan.
Lavaning dengiz suviga tushishi kimyoviy reaksiyani yuzaga keltirgan va toksik bulut hosil bo‘lgan. Mahalliy rasmiylar aholi va sayyohlarga vulqonga yaqin hududlarga yaqinlashmaslikni tavsiya qilmoqda.
Izoh (0)