O‘zbekistonlik qorilar bir necha yildan buyon xorij davlatlari diniy idoralaridan kelgan takliflar asosida chet mamlakatlarda taroveh namozlarini ado etib kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yil Ramazon oyida ham qorilar bir qancha davlatlar, xususan, AQSh, Rossiya va Ukrainaga yuborildi.
Jumladan, Turkiston – Amerika jamiyati taklifiga binoan Toshkent shahridagi “Minor” masjidi noib-imomi Murodjon qori Kabirov AQShga jo‘nab ketdi.
U bu yerda Ramazon oyi davomida musulmonlarga taroveh namozini ado etib, diniy – ma’rifiy suhbatlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)