Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatiga boradigan 23 kishilik futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Darvozabonlar: Antoni Lopesh (“Lion”), Betu (“Geztepe”), Ruy Patrisiu (“Sporting”);
Himoyachilar: Brunu Alvesh (“Reyndjers”), Sedrik Soaresh (“Sautgempton”), Joze Fonte (“Dalyan Ifan”), Mariu Ruy (“Napoli”), Pepe (“Beshiktash”), Rafael Gerreyro (“Borussiya” D), Rikardu Pereyra (“Portu”), Ruben Diash (“Benfika”);
Yarim himoyachilar: Adriyen Silva (“Lester”), Brunu Fernandesh (“Sporting”), Joau Mariu (“Vest Hem”), Joau Moutinyo (“Monako”), Manuel Fernandesh (“Lokomotiv”), Villiam Karvalyo (“Sporting”);
Hujumchilar: Andre Silva (“Milan”), Bernardu Silva (“Manchester Siti”), Krishtianu Ronaldu (“Real”), Jelson Martinsh (“Sporting”), Gonsalu Gedesh (“Valensiya”), Rikardu Kuarejma (“Beshiktash”).
Portugaliya guruh bosqichida Eron, Marokash va Ispaniya bilan kurash olib boradi.