O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2018-yilgi asosiy tadbirlar rejasiga asosan joriy yilning 15—17-may kunlari Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarida qo‘mondonlik shtab-o‘quv mashqlari (QShO‘M) o‘tkazilmoqda. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.
O‘quv mashqining asosiy maqsadi, Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarida zilzila va uning ikkilamchi omillari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha shahar va viloyat boshqaruv organlari kuch va vositalarining harakatlarini muvofiqlashtirish hisoblanadi.
Mazkur qo‘mondonlik shtab-o‘quv mashqlari 16—17-may kunlari ham davom etadi.
Izoh (0)