Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tuzilgan Agroinspeksiya rahbariyati tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Umarbek Xalilov Agroinspeksiya boshlig‘i, Saidakbar Ro‘ziyev esa uning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boshqarmalarga ham rahbarlar tayinlandi.
Izoh (0)