O‘zbekistonda o‘tgan yilning 5-sentabrida valyutani liberallashtirish boshlanganidan buyon dollar kursi birinchi bor 7996 so‘mli ko‘rsatkichga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga asoslanib, Spot xabar berdi.

Foto: “Gazeta.uz”

O‘zbek so‘mi 2018-yilning fevralidan boshlab o‘z o‘rnini mustahkamlay boshladi — unga qadar esa davriy ravishda bir dollar uchun 8190 so‘mga qadar arzonlashib bordi. Fevral oyining o‘rtasidan buyon milliy valyuta ketma-ket 11 hafta davomida o‘sib borgan edi.

May oyida Amerika valyutasi 8050 so‘mgacha arzonlashdi, keyin esa 8030 so‘mgacha tushdi. So‘ngra 2017-yilning kuzidan beri birinchi marotaba milliy valyuta bir dollar uchun 8000 so‘mlik psixologik belgiga yaqinlashgandi.