• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    UzWaterAware ekspeditsiyasi: Qumlarga ko‘milgan marvaridni izlab

    O‘zbekistonlik bir guruh jurnalistlar Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida amalga oshirayotgan UzWaterAware loyihasi doirasida Qoraqalpog‘istonda bo‘lib qaytdi. Mediatur ishtirokchilari orasida “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev ham bor edi.

    Foto: “Daryo” / Azizbek Abduvaliyev

    10-may kuni mediaturning 40 nafarga yaqin qatnashchisi Toshkent xalqaro aeroportiga yig‘ildik. Safimizdan axborot agentliklari, internet-nashrlar, gazetalar, radio va televideniye vakillaridan tashqari loyiha tashkilotchilari — Yevropa Ittifoqi va MOMEM, loyihaning milliy hamkorlari — O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zgidromet” xodimlari ham o‘rin oldi.

    Soat 17:30 da Toshkentdan Nukusga yo‘l olgan samolyot bortida illyuminator oldida joylashib olib to manzilga yetguncha atrofni kuzatib bordim. Obod, ko‘rkam hududlar asta-sekin chekinib, o‘rnini qaqroq yerlar, sahrolarga bo‘shatib bera boshladi. Bu ko‘rinish to Nukusga yetgunimizcha o‘zgarmadi.

    Qoraqalpog‘iston poytaxti katta qurilish maydonini eslatadi. Buni samolyotimiz Nukus aeroportiga qo‘nganidayoq payqadik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil yanvarida Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida aeroport, unga kirish va chiqish yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha topshiriqlar bergandi. Havo qo‘nalg‘asida o‘tgan yil aprel oyida boshlangan ta’mirlash ishlari yakuniga yetmoqda. Aeroport shu oy oxirlarida foydalanishga topshiriladi.

    Bizni “Jibek joli” mehmonxonasiga joylashtirishdi. Nukusda yigirmaga yaqin mehmonxona bo‘lib, jurnalistlarni qarshi olgani ular orasida peshqadami sanaladi. Unda qoraqalpoq madaniyati, urf-odatlarining bir bo‘lagini sezasiz. Baraka topkurlar ichkariga o‘tovdan tortib aravagacha olib kirib qo‘yishibdi. Xonadagi yostiqlargacha milliy ornamentda ishlangan.

    “Jibek joli” mehmonxonasi.

    “Jibek joli” mehmonxonasi.
    Foto: “Daryo” / Azizbek Abduvaliyev

    Kechki taomdan so‘ng Nukusga qatnayverib ko‘zi pishib ketgan hamkasbim Nargis Qosimova bilan tungi poytaxtni kezdik. Shaharda 300 mingdan ortiq aholi yashaydi. Ko‘rkam, tinch va osuda. Katta kentlarga xos gavjumlik, mashinalar tirbandligini sezmaysiz. Savitskiy muzeyiga kirishga imkon qilolmagan bo‘lsak-da, jillaqursa yaqinlashganimizdan faxr tuydik. Uning yaqinda qurib, foydalanishga topshirilgan ikkinchi korpusi bilan tanishdik.

    Qoraqalpog‘iston axborot agentligi direktori Yesimxan Qanaatovning aytishicha, Nukusga uch-to‘rt yil avval kelgan odam bugun shaharni taniy olmaydi (buni Nargis Qosimova ham tasdiqladi). Qisqa muddatda o‘lkashunoslik muzeyi binosi, Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i, yirik sport majmuasi, 38 ta ko‘p qavatli uy bunyod etildi. Joriy yil shaharning 16 ta ko‘chasida kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, jami 12 ta yirik obyekt qurilishi rejalashtirilgan.

    Nukus manzaralariga andarmon bo‘lib, media tur ishtirokchilarining mehmonxonadagi ilk yig‘iniga ham biroz kechikibmiz. Tashkilotchilar avval qatnashchilarni bir-biriga tanishtirdi, so‘ng loyiha haqida qisqacha ma’lumot berdi.

    Yekaterina Ustinenko va Loren Chen.

    Yekaterina Ustinenko va Loren Chen.
    Foto: Shuhrat Shokirjonov

    — Loyiha “O‘zbekistonda suv va ekologik masalalar bo‘yicha xabardorlikni oshirish hamda hamkorlikni rivojlantirish” deb nomlangan. Asosiy maqsad suv resurslaridan samarasiz foydalanish davom etgan taqdirda buning oqibatlari yanada ayanchli bo‘lishini tushuntirish va ogohlantirishdan iborat, — deydi MOMEM O‘zbekiston ofisining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassisi Yekaterina Ustinenko. — Markazimiz 17 yil avval, 2001-yilda Yevroittifoq va BMT Taraqqiyot dasturi qarori bilan yuzaga kelgan.

    Bosh ofis Olmaotada joylashgan, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari, jumladan, O‘zbekistonda 2006-yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekiston iqtisodi uchun suv juda muhim resurs: hududimizdagi suvlarning 80 foizi transchegaraviy, qolaversa, 90 foiz suv qishloq xo‘jaligida sarflanadi. Undan oqilona foydalanish iqtisodning o‘sishi va ekologik barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Safarimizga kelsak, bu jurnalistlar uchun amalga oshirilayotgan uchinchi media-tur, biroq oldinlari Mo‘ynoq bilan cheklangan bo‘lsak, bu gal ilk bor bevosita Orolgacha boramiz.

    Foto: Askar Yakubov

    Tashkilotchilar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi, gid vazifasini o‘taydigan tarixchi Oktabr Do‘spanov bilan tanishtirdi, loyiha ramzlari tushirilgan futbolkalar tarqatdi.

    11-may kuni tongda 12 ta Toyota yo‘ltanlamasidan iborat kortej Nukusdan Qo‘ng‘irotga yo‘l oldi.

    Foto: Askar Yakubov

    (Davomi bor)

    15.05.2018, 13:25   Izoh (0)   10895
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Belgilanmagan joyda avtomobilni qoldirish qoidabuzarligi foto tasvirlar orqali rasmiylashtirila boshlandi

    15.05.2018, 13:10

    Sodiq Safoyev: Shavkat Mirziyoyev hamda Donald Tramp uchrashuvi AQSh tashabbusi bilan tashkil etilmoqda (video)

    15.05.2018, 11:00

    O‘zbekiston piyoz eksporti hajmini ko‘paytiradi

    15.05.2018, 10:45

    O‘zbekistonning inson huquqlarini ta’minlashdagi tashabbuslari Vashingtonda e’tirof etildi

    15.05.2018, 10:16

    Toshkentning Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida “Elektron jinoyat ishi” dastlabki loyihasi amalga oshiriladi

    15.05.2018, 09:58

    Endi Tojikiston hududiga kirgan o‘zbekistonliklar 3 kun ichida ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi

    15.05.2018, 09:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.