Jon Xopkins nomidagi universitetning (AQSh) tadqiqotchi guruhi KXDR Pungeri yadro poligonining demontajini boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Sinov poligonining demontaji boshlandi. Xususan, shimoliy, g‘arbiy va janubiy kirish yo‘llari atrofida joylashgan operativ ta’minot binolari buzildi”, — deyiladi mutaxassislar hisobotida.
Ma’lum bo‘lishicha, yadro maydonidan o‘tgan relslar qisman demontaj qilindi.
Biroq, mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, obyekt atrofidagi muhim inshootlar buzilmay turibdi.
Avvalroq, Kim Chen In yadro poligonining AQSh tomonidan tekshirilishiga rozi bo‘lgan.
Izoh (0)