“Mening fikrim” portaliga Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida taymerli svetoforlarni o‘rnatish bo‘yicha murojaat kelib tushdi. Bu haqda “Narodnoye slovo” xabar bermoqda.
Hozirda murojaat 192 ta ovoz to‘pladi. Ovoz berish 88 kundan so‘ng yakunlanadi.
Petitsiya muallifiga ko‘ra, intellektual svetoforning eng muhim afzalligi signallari almashguncha vaqtni qayd etish imkoniyati mavjudligida. Bu piyodaga yo‘lni kesib o‘tishga ketadigan vaqtni hisob-kitob qilish imkonini beradi va ular bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni keskin kamaytiradi.
Bunday svetoforlar Toshkent shahrida o‘rnatilgan, biroq bir necha oy foydalanilganidan so‘ng poytaxt ko‘chalaridan g‘oyib bo‘lgandi. Biroq ular viloyatlar, jumladan, Andijon va Toshkent viloyatlarida samarali qo‘llanmoqda va o‘zini faqat yaxshi tomondan ko‘rsatdi.
Izoh (0)