O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zbekiston Respublikasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok eting! O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida!
Siz yoshsiz, g‘ayratlisiz, iste’dodlisiz, intiluvchansiz, kelajakka ishonchingiz mustahkam. Siz mamlakatimizning umidi va tayanchi, davlatimizning eng muhim strategik boyligisiz. Siz O‘zbekistonning buguni va ertasisiz.Respublikamiz aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil qiladi. Bu O‘zbekistonni taraqqiyotning mutlaqo yangi darajasiga olib chiqishga qodir bo‘lgan ulkan ijodiy va intellektual salohiyatdir”, — deyiladi xabarda.
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularning tiklanishi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, o‘z ijodiy salohiyatini jamiyat ravgaqi yo‘lida amalga oshirishi uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.“Siz konsepsiyani shakllantirishda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga egasiz. Fikr-mulohaza, g‘oyalaringizni yoshlar@devon.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)