O‘zbekiston TIV Tojikistonga borayotgan fuqarolar diqqatiga bu davlatda ro‘yxatdan o‘tish tartibi yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.
Tojikiston Respublikasining 2018-yil 2-yanvardagi 1471-sonli “Chet el fuqarolarining va fuqaroligi yo‘q shaxslarning Tojikiston Respublikasida huquqiy maqomi” to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, chet elliklar, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari ham Tojikiston davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Tojikiston hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan mamlakat qonunchiligida belgilangan 4000 somonidan 4500 somonigacha jarima jazosi qo‘llaniladi.
Izoh (0)