Singapur Milliy universitetining 20 nafar tadqiqotchi talabalari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekistonga kelgan talaba-yoshlarga O‘zMU professor-o‘qituvchilari mamlakat iqtisodiyoti, tarixi va madaniyati bo‘yicha ingliz tilida mahorat darsi o‘tkazadi.
Loyiha universitetlar orasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilib, unda O‘zbekistonda hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, O‘zbekiston tarixi va madaniyati haqida fikr yuritiladi.
Mahorat darsi 14-may kuni O‘zbekiston Milliy Universitetida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)