O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 10—11-may kunlari Tojikistonda konsert berdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, Ozodbek Nazarbekov o‘z konsert dasturini Xo‘jand shahridagi uch ming tomoshabinga mo‘ljallangan “Qasri varzesh” sport saroyida taqdim etgan.
Ma’lumot uchun, Ozodbek Nazarbekov ayni vaqtda O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari ham hisoblanadi.
Izoh (0)