Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘zining xususiy kriptovalyutasini yaratadi. Bu haqda Cheddar portali kompaniyadagi o‘z manbasiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur kriptovalyuta ijtimoiy tarmoq doirasida elektron to‘lovlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Facebook’ka ushbu sohadagi faoliyatini amalga oshirish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi. Bundan tashqari kriptovalyuta va blokcheynlar ustida ishlovchi kompaniyalarni sotib olishi lozim.
Facebook o‘ndan ortiq xodimdan iborat guruhni tashkil etib, ularga blokcheyn, mayning va kriptovalyuta aylanmasini o‘rganishni vazifa qilib topshirgan. Ushbu bo‘limga ijtimoiy tarmoq vitse-prezidenti, Messenger dasturiga javobgar Devid Markus rahbar etib tayinlangan.
Izoh (0)