11-may, juma kuni O‘zbekiston musulmonlar idorasida jurnalistlar hamda diniy soha vakillari ishtirokida brifing o‘tkazildi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.
Brifingda ma’lum qilinishicha, Ramazon oyi avval xabar qilinganidek 16-may kuni emas, 17-may, payshanba kuni boshlanadi.
Taqvimlarda Ramazon oyining boshlanishi oy ko‘rinishiga qarab bir kunga surilishi mumkinligi haqida maxsus eslatma beriladi. Bu yil ayni shu sababga ko‘ra Ramazonning boshlanish vaqti o‘zgardi.
Izoh (0)