Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida yashovchi kollej o‘quvchisi o‘z qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 9-may kuni Quyi Chirchiq tumanida yashovchi kollej o‘quvchisi o‘z uyi oldida qo‘shnisi bilan janjallashib qolgan, oqibatda unga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Natijada jarohat olgan fuqaro kasalxonaga yotqizilgan.
Kollej o‘quvchisi huquq-tartibot organlari xodimlari tomonigan qo‘lga olingan.
Izoh (0)