O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018-yil 15—17-may kunlari ilk rasmiy tashrif bilan AQShda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston – AQSh hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Vashingtonda O‘zbekiston Prezidenti, shuningdek, AQSh Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Rasmiy tashrif yakunida ikki mamlakat Prezidentlari “O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi” deb nomlangan Qo‘shma bayonotni imzolashi, turli sohalardagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plamining qabul qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)