• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Aziz Rametov: Oilaviy an’anani davom ettirib aktrisaga uylanmoqchi emasman

    “Muloqot News” aktyor Aziz Rametov bilan intervyu uyishtirdi. Intervyuda aktyor ijod va shaxsiy hayotdagi yangiliklar haqida so‘zlab berdi.

    Foto: “Muloqot News”

    Foto: “Muloqot News”

    — Hamma ota-onalar ham farzandlarini o‘z sohalarida ketishini xohlashmaydi. Ayniqsa, sa’nat sohasidagilar. Sizda bu jarayon qanday kechgan?

    — Onam men hali tug‘ilmasimdan, 7 oylik paytimda “Arshin Mololon” spektaklida bosh rollardan birini ijro etgan. Balki, o‘sha paytdanoq menga san’at sohasi yaqindir. Dadam ko‘proq bu sohada ketishimga qarshilik qilgan, lekin ilk ijodlarimni ko‘rganlaridan keyin baribir tan olganlar. Musiqa maktabida 9 yil tahsil olganman. Keyinchalik dadamning xohishlari bilan harbiy sohani tanlaganman. O‘sha paytlarda ham ustozlarim meni baribir san’at sohasi bo‘yicha ketishimni ta’kidlashardi. Mana baribir shu soha meni o‘ziga tortdi.

    — “O‘tov” filmidagi ijroyingiz ko‘pchilik e’tiborini qozongan. Yana shunday ijrolarni ko‘ramizmi?

    — Agar yana shunaqa filmlarga taklif qilishsa jon-jon deb o‘ynardim. Undagi jarayonlar juda qizg‘in kechgan. Narkoman rolini ijro etganim uchun rejissorimiz meni narkomanlar orasiga olib borgan. O‘sha insonlar orasida ular bilan gaplashib, ko‘rishib o‘sha holatga tushishimga sababchi bo‘lgan. Bu kino orqali o‘zim ham juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. O‘zim ham yana shunday asarlarni yaratilishini xohlayman... Balki ssenariy yozayotgan inson alohida, rejissor alohida, suratga oluvchi inson alohida bo‘lib ishlayotganlari uchun shundaydir. Menimcha, kino olishda bir necha rejissorlar birgalikda ishlashi kerak. Jamoa yana ham yaqinroq bo‘lib fikrlarini bitta joyga jamlay olishi, ya’ni har birlari bitta g‘oya asosida birlashib ishlashlari kerak. Agar hamma o‘zini fikri bilan yondashsa, haqiqiy kino chiqmaydi. Bizni xalqimiz kinolarni yaxshi ko‘radi. Hatto joylarga borganimizda yordamlarini ham ayashmaydi. Ular kutgan kinolarni yetkazib berish kerak. Shuning ustida o‘zim ham harakat qilyapman.— Ilk ijod namunalaringiz orasida qo‘shiqlar ham joy olgan. Uning kelajagi nima bo‘ldi?

    — Men qo‘shiq aytishni tark etmadim. Hatto yaqinda “Samarqand sayyorasi” nomli qirqtaga yaqin qo‘shiqlarim jamlangan albom chiqaryapmiz. Musiqa maktabida tahsil olganim uchun qo‘shiqqa nisbatan mehrim boshqacha. Harbiy sohada o‘qiyotganimda ham birinchi aytgan “Qora qosh” qo‘shig‘ini ham safni oldi qismida turib ayttirishardi. Yaqinda Munisa Rizayeva bilan duet qo‘shiq aytdim. Bu yo‘nalishni tashlab qo‘yish niyatim yo‘q. Yana yangi zamonaviy yo‘nalishda kuylash rejalarim yo‘q emas.— Rejissorlik faoliyatini boshlashingizga nima turtki bo‘ldi?

    — Harbiy sohani bitirganim uchun o‘zim mana shu yo‘nalishda kino olishni o‘ylab yurardim. Aktyor bo‘lganim uchun soha ichidagi jarayonlarni yaxshi o‘rgandim. Soha ichiga kirganingiz sayin o‘zingiz izlagan narsalarni topib boraverasiz. Menda imkon bo‘lishi bilan film olish harakatini boshladim. Albatta bu oson kechmadi. Uni ham o‘ziga yarasha mashaqqatlari bor. Men o‘zimda mana shuni uddalashga, kuch topishga harakat qildim va buni boshladim.

    Foto: “Muloqot News”

    Foto: “Muloqot News”

    — Rejissorlik faoliyatini davom ettirasizmi?— Ha, albatta. Hozirda yangi “Al-Aziz” filmini suratga olish jarayonlarini boshlaganmiz. Bu “Olovuddinning chirog‘i” filmiga qiyosiy. Rejissorlik ishi ancha murakkab bo‘lishiga qaramasdan o‘zingiz uchun ko‘p narsa olasiz, atrofdagilarga ko‘mak bera olsiz, to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatasiz, o‘zingizning ustingizda ancha ishlashingizga ham to‘g‘ri keladi.

    — Ilk suratga olgan “Arslon izidan” filmingiz jarayonlari qanday kechdi?

    — Bu filmni suratga olish jarayonlari ancha uzoqqa cho‘zildi. Deyarli 4 yilda olishga muvaffaq bo‘ldik. Filmning g‘oyasi ham shuni talab qilardi. Afg‘onistonda yana bir qancha davlatlarda uni suratga olishga to‘g‘ri keldi. Lekin ko‘nglim to‘ldi deya olmayman. Kamchiliklardan holi bo‘lmadi. Juda ko‘p xatolarimni ko‘rdim. Ko‘proq ustozlar bilan maslahatlashishim kerak ekan. Balki yoshlik qilgandirmiz. Uning davomini olish niyatim bor. Bu kino orqali farzandlar ongida vatanga muhabbat ruhini yanada oshirishni, kasbga sadoqatni yanada shakllantirishni, eng asosiysi o‘zi xohlab harbiy bo‘lishni, umuman majbur bo‘lmaganidan shu ishni qilishlarini filmga singdirishga harakat qilgandim.

    — Ushbu film shu bilan nihoyalanadimi yoki davomlimi? 

    — Bu filmning davomi bor. Unda o‘zim ham 2 xil rolni ijro etdim. Ko‘rinishimni ham shunga moslashtirdim. Bir qarasangiz bu ko‘rinishda, bir qarasangiz u ko‘rinishda namoyon bo‘laman. Kinoni odamlar men ko‘rgandek ko‘radi deb ba’zi joylarini o‘zimcha talqin qilgan ekanman. Aslida yanada soddalashtirishim kerak ekan. Masalan, bir-ikki joyida “Oradan ikki hafta o‘tdi” deb berishim kerak bo‘lgan joylari ham bor ekan. Men uni o‘zimcha tahlil qilib ko‘rayotgan odam tushunib olar deb o‘ylaganman. Aslida murakkab emas soddalik kerak. Olaylik hozirgi “Real xit” dasturi aslida soddagina odamlar ichida yurib ularni fikrini o‘rganish, lekin o‘sha oddiy tuyilgan g‘oya butun e’tiborni jalb qila oldi. Shunga o‘xshash filmlarga ham samimiylik kerak deb o‘ylab qoldim.

    — Shaxsiy hayotingiz borasida nima deya olasiz? Kuzgacha uylanish niyatingiz borligi haqidagi ma’lumotlarni eshitganmiz? 

    — Mish-mishlar orqali ko‘pchilik meni oilali deb ham o‘ylashadi. Bundan 8—9 yil oldin “TV Markaz” kanalida “Yulduzli payshanba” dasturi bo‘lardi. O‘shanda akam kelmay qolganlari uchun farzandini men ko‘tarib turgandim. Shundan keyin ko‘pchilik meni uylangan deb o‘ylashgan. Ba’zilar bilmasdan tarmoqlarda “Bolalaringiz yaxshimi?” deb ham yozib qolishadi (kuladi). Hali o‘zim yoqtirgan qizni uchratganimcha yo‘q. Turmush o‘rtog‘im hayotda aktiv bo‘lishini xohlardim. Oilaviy an’anani davom ettirib aktrisaga uylanmoqchi emasman. Turmush o‘rtog‘imni, albatta, hurmat qilaman.

    — Kelgusidagi ishlaringizga omad tilab qolamiz. Samimiy suhbat uchun rahmat.

    — Sizlarga ham alohida rahmat!

    10.05.2018, 13:10   Izoh (0)   64163
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ivan Urgant Podmoskovyedan 7 mln dollarga dang‘illama hovli sotib oldi

    10.05.2018, 09:07

    Ijtimoiy tarmoqlarda Alla Pugachyovaning vafot etganligi haqida xabar tarqaldi

    06.05.2018, 09:36

    Shahzoda san’atni tark etish haqida o‘ylaganini aytdi

    03.05.2018, 09:42

    Shahzoda Muhammedova bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining suratlari bilan bo‘lishdi (foto)

    03.05.2018, 08:51

    Shukrullo Isroilovning konsert dasturidan fotoreportaj

    01.05.2018, 10:47

    Aktrisa Zarina Nizomiddinova “Kelinchak” ko‘rsatuvida ishtirok etdi (foto)

    30.04.2018, 16:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.