• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xizmat vazifasini ado etayotganida halok bo‘lgan Abrorbek Tovuldiyev xotirasiga bag‘ishlanadi

    “Xalq so‘zi” gazetasida o‘z xizmat burchini ado etayotgan paytda qahramonlarcha halok bo‘lgan kichik serjant Abrorbek Tovuldiyev xotirasiga bag‘ishlangan maqola chop etildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Xalq so'zi

    Foto: Xalq so'zi

    Abrorbek Tovuldiyev 1979-yil 23-iyulda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda shu tumandagi 17-umumta’lim maktabini bitirgach, harbiy xizmatga chaqirilgan. U Chirchiq garnizoniga qarashli kichik mutaxassislarni tayyorlash maktabida harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Toshkent viloyati Chinoz shahridagi harbiy qismlaridan birida muddatli harbiy xizmatni davom ettiradi. 2002-yildan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari safida shartnoma asosida xizmat qila boshlagan.

    2005-yilning 13-may kuni Andijonda sodir etilgan terroristik harakatlarga qarshi kurash vaqtida vafot etgan.

    Davlat chegaralari daxlsizligini, el-u yurt xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmat burchini bajarishda ko‘rsatgan mardligi, fidoyiligi uchun kichik serjant A.Tovuldiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra vafotidan so‘ng II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.

    Andijon viloyatidagi chegara posti. Turfa anvoyi gullar yon-atrofga xush ifor taratayotgan mo‘jazgina maydoncha. Uning chetidagi taxtachada “Kichik serjant Abrorbek Tovuldiyev mas’ul” degan yozuvlar bitilgan.

    – Bu gulzor quroldosh do‘stimizdan bizga esdalik bo‘lib qoldi, – deydi chegara posti boshlig‘i ofitser Z.Rustamov. – Ayni shu maydoncha oldida chegarachilar har kuni naryad oldidan saflanganda, albatta, quroldosh do‘sti Abrorbekning jasoratini yod etadi.

    2005-yil 13-may. O‘sha kuni Abrorjon safdoshi Dilmurod bilan o‘zlari mas’ul bo‘lgan chegara hududini qo‘riqlayotganda tun sokinligini qandaydir sharpalar harakati buzadi. Bundan sergak tortgan Dilmurod “Abror, eshitayapsanmi, kimlardir chegara tomonga kelayotganga o‘xshaydi”, deb shivirlaydi.

    Shu daqiqada bir to‘da odamlar chegaraga yaqinlashadi. Abror “To‘xtanglar, kimsizlar?” deya ularni ogohlantiradi. Qarama-qarshi tomondan “Biz to‘ydan qaytayapmiz”, degan javob keladi. Ularning xatti- harakatida qandaydir sarosimani anglagan chegarachilar to‘dani to‘xtatishga harakat qiladi. Qo‘shni Qirg‘iziston hududidan mamlakatimiz chegarasini buzib o‘tishga chog‘langan g‘alamislar bilan chegarachilar o‘rtasida olishuv boshlanib ketadi. Gazandalar ko‘pchilik edi. Ular yigitlarga har tomondan hujum qilib, chegarachilarni jarohatlaydi, garovga olib, “Hokimiyatni qo‘lga oldik, biz tomonga o‘tinglar. Davlatni, uning siyosatini yomonlab intervyu berasanlar, yo‘qsa, otib tashlaymiz!” deb po‘pisa qiladi.

    – Hech qanaqa intervyu bermaymiz, – deb qarorida qat’iy turadi Abror.

    Chegarachilarni qo‘rqitish uchun to‘da boshlig‘i ularning ko‘z o‘ngida garovga olingan bir begunoh odamni shafqatsizlarcha otib tashlaydi. Biroq chegarachilar xoinlarga bo‘yin egmaydi.

    Shu paytda quturgan, qo‘llari qonga botgan jangarilar hokimiyat binosi tomon borar ekan, yo‘l-yo‘lakay duch kelgan transport haydovchilariga do‘q urib, zo‘ravonlik qiladi, qarshilik ko‘rsatganlarni otib tashlaydi, mana shunday vahshiylik bilan zabardast chegarachilarni o‘z tarafiga og‘dirishga harakat qiladi. Biroq qat’iyatli, o‘z Vataniga sodiq, uning tinchligi uchun jonini ham berishga tayyor jasur o‘g‘lonlarni ruhan sindira olmasligini anglagan terrorchilar ularga qarata beayov o‘q yog‘diradi. 11 joyidan yaralangan Abror mardlarcha halok bo‘ladi.

    – Abrorjon chorva boqishga, asalarichilikka qiziqar edi, – ko‘ziga yosh olgancha xotirlaydi Abrorning otasi Anorboy aka. – O‘g‘lim intizomli, qat’iyatli va mehribon bo‘lib ulg‘aydi.

    Bir safar o‘g‘lim bilan mol bozoriga chiqdik. Egasi 200 ming so‘m deb turgan qo‘chqorni savdolasha boshladim. U “Dada, shuni aytganiga olaylik! Qarang, bu odam pulga muhtojga o‘xshaydi”, deb qoldi. “Bolam, bozor savdolashish bilan qiziqda”, desam, “Aytganini bering, iltimos”, deb turib oldi. Uning fe’l-atvorida qiynalganga imkon qadar yordam berish ustun edi.

    Abrorni o‘qitgan o‘qituvchilar uning o‘quvchilik yillarini hanuz kechagidek eslashadi. Ustozlaridan biri Qunduzxon Akbarova uni shunday eslaydi: “Abrorjonni bolaligidan bilaman. Uning yurish-turishi, fazilatlari havas qilgudek edi. O‘rtoqlariga mehribon, o‘zidan kichiklarga har doim yordam berardi. Bir mahallada turganimiz uchun bu oila farzandlarida o‘z Vatanini sevish tuyg‘usi kuchli ekanini yaxshi bilaman”. Boshlang‘ich sinflarda Abrorga dars bergan o‘qituvchisi Ulfatxon Ko‘kiyeva uning o‘qish kitobidagi “Chegarachi” she’rini hammadan birinchi bo‘lib yodlab, tildan qo‘ymay aytib yurganini xotirlaydi.

    Abror turmush o‘rtog‘i Gulzoda bilan bir qishloqda tug‘ilib, voyaga yetgan, bir maktabda ta’lim olgan. Ularning to‘yi 2003-yil 22-martda bo‘lib o‘tgan edi. 2004-yilda oilada o‘g‘il – Ahmadullo dunyoga keldi. Bugun usmirlikdan yigitlikka qadam tashlayotgan Ahmadullo o‘qishga, bilim olishga intiladi, orzulari bir dunyo. U kelajakda “General bo‘laman. Toshkentda o‘qiyman. Dadamday qahramon bo‘laman!” deydi qat’iyat bilan. “Ta’til vaqtida bobomga yordam beraman. Dadam oilada yolg‘iz farzand bo‘lgan. Men uning munosib o‘g‘li ekanimni hammaga isbotlayman!”, deydi yigitcha ko‘zlari chaqnab.

    Abrorning turmush o‘rtog‘i Gulzoda 2007-yildan buyon Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarida shartnoma asosida xizmat qilmoqda.

    – Abror aka oilaga ham, xizmat vazifasiga ham mas’uliyat bilan yondashardi, – deydi Gulzoda. – Ota-onasi va opalariga mehri, hurmati cheksiz edi. Bo‘sh vaqtlarida hovlimizni obod etish, mevali daraxtlar ekishda otasiga ko‘mak berardi. Hozir u ekkan giloslar hosilga kirib, katta bog‘ bo‘lgan. Har yili bu daraxtlar qiyg‘os gulga kirib, hosil berganda Abror aka bilan o‘tgan shirin damlarni esga olaman. Bu dunyoni tark etgan insonlardan yaxshi farzandlar, ekkan daraxtlar va qilgan yaxshi amallar qolar ekan.

    Darhaqiqat, dunyoda Abrordek o‘g‘lonlarimiz bor ekan, ezgulik mudom g‘olib bo‘ladi, mamlakatimizda tinchlik, osudalik hukm suradi.

     

     

    09.05.2018, 13:09   Izoh (0)   37592
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan umummilliy dars o‘tkaziladi

    09.05.2018, 12:52

    O‘zbekistonda Rossiyaga ishlashga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun kompleks imtihon o‘tkaziladi

    09.05.2018, 12:35

    “Ustyurt nayzalari” haqida eshitganmisiz?

    09.05.2018, 11:10

    Shavkat Mirziyoyev o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi

    09.05.2018, 10:50

    O‘zbekistonda 5—9-sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimiga o‘zgartirish kiritildi

    09.05.2018, 10:34

    Davlat xavfsizlik xizmati vakillari faxriylarni yo‘qlab, sovg‘alar topshirdi (video)

    09.05.2018, 10:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.