Prezidentning 16-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Buxoro viloyatida urush faxriylariga bayram sovg‘alari topshirilib, hurmat-ehtirom ko‘rsatilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Viloyat hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar va yoshlar Buxoro shahrida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Oliya Ahmedova, Yekaterina Filina, Nina Butorina xonadonlarida bo‘lib, ularni bayram bilan qutladi. Onaxonlarga Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi, har biriga 5 million so‘m pul mukofoti va qimmatbaho soat taqdim etildi. Homiy tashkilotlarning sovg‘a-salomlari topshirildi.
Izoh (0)