• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onalik tadbirkorlar nega “O‘zagroeksport”dan norozi bo‘lmoqda?

    Internet nashrlaridi Farg‘ona viloyatida yuzlab tonna sabzavotlar sotilmay qolishi oqibatida sifati buzilib, tadbirkor, tomorqachilar zarar ko‘rayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Agar ular haqiqat bo‘lsa “O‘zagroeksport” mutasaddilari nima uchun bunday muammoga panja ortidan qaradi? Savollarga batafsil javob olish maqsadida O‘zA muxbiri “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi raisi Tohirjon Jalilovga murojaat qildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    — Xabarlarda ko‘tarilgan muammolar “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati tomonidan atroflicha o‘rganildi. Oltiariq tumanidagi tadbirkor, tomorqa egalari, jumladan, shikoyatchi Behzod Raimov va O‘tkir Hamdamov bilan uchrashib qaytdi, – deydi T.Jalilov. — Bu tadbirkorlar oldin bank va soliq sohasida faoliyat yuritib, bir yarim yildan buyon biznesni boshlab, qovun va gilos eksporti bilan shug‘ullangan. Ular 2017-yilning dekabrida 50 tonna turpni dehqonlardan olib, eksport qilish uchun sovutgichda saqlagan. Qirg‘izistonga eksport qilmoqchi bo‘lgani, biroq biz belgilagan narxlar qimmat ekani yuzasidan o‘z e’tirozlarini bildirdi.

    E’tibor qiling, shu kungacha “O‘zagroeksport” 170 dollardan 228 dollargacha bo‘lgan narxlarda 4 ming 602 tonna turpni xorijga sotdi. Bu mahsulotning eksport hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Misol uchun, 2016-yilda tashqi bozorga 1877 tonna sotilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2017-yilda 2780 tonnani tashkil etdi. Shunga yarasha mahsulotning narxi ham oshib bormoqda. 2016-yilda turpning har tonnasiga o‘rtacha 170 dollar to‘langan bo‘lsa, 2017-yilda 197 dollar, joriy yilda 185 dollarni tashkil etmoqda.

    Odatda, turp mavsumi oktabr-mart oylariga to‘g‘ri keladi. Shunday bo‘lsa-da, shu kunlarda Oltiariq tumanidagi bozorda uning narxi 800 so‘m ekan. Endi tasavvur qiling, o‘zimizda turpning bahosi past bo‘lmagan holda, tadbirkor uni chetga yarim bahosida eksport qilmoqchi. Bunga esa mahsulotning bozorda ketmayotgani ro‘kach qilinmoqda. Aslida mahsulotning saqlanish muddatini hisobga olinmagani uchun omborda ancha turib qolgan.

    Mahsulotini o‘z vaqtida sotishning uddasidan chiqmagan tadbirkorlar butun alamini “O‘zagroeksport”dan olishmoqchiga o‘xshaydi. Holbuki, bir oy avval “O‘zagroeksport” xodimlari bu tadbirkorlarga turpning kilosini 800 so‘mdan sotishni taklif qilishganda, qimmatroq sotish istagida ular bunga ko‘nmagan. Dehqonlardan 350 so‘mdan olingan turp 800 so‘mdan sotilganda tadbirkorga qancha foyda keltirishini bir hisoblab ko‘ring.

    Endi may oyida “O‘zagroeksport”ni aybdor qilishayapti. “Vodiyda bodring bozorga chiqdimi, turpga hojat yo‘q”, degan naqlni bu tadbirkorlar unutganga o‘xshaydi.

    Ular qirg‘izistonlik hamkorlari bilan shartnoma imzolagani haqidagi hujjatni taqdim eta olmadi. Shunday bo‘lsa-da, ikki kunda shartnoma olib kelsa, bojxonadan o‘tkazib berilishi haqida aytilganda “Yo‘q, sizlar sotib berishlaring kerak”, deb turib olishdi.

    Yana bir ma’lumot. Tonnasi 50 dollardan bo‘lgan mahsulot jami ikki yarim ming dollarga tushganda, u transport harajatini oqlashga yetmagan bo‘lardi. Chunki yuk mashinasi harajatlari uch ming dollarni tashkil etadi.

    Ular bildirayotgan yana bir e’tiroz — mahsulot uchun xorijiy hamkorlardan oldindan pulning bir qismini tushirib berilishi haqidagi talabimizdir. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi “Yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida “O‘zagroeksport” yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini ba’zi shartlarda eksport qilishiga ruxsat berilgan.

    Unga ko‘ra, jo‘natiladigan meva-sabzavot mahsulotlari qiymatining oldindan kamida 30 foizi to‘langanda, qolgan qismi uchun esa tasdiqlangan bank akkredetivi ochiladi va birinchi toifali xorijiy bank kafolati rasmiylashtiriladi.

    Agarda buning imkoni bo‘lmasa, “O‘zagroeksport”ning xorijda ochilgan savdo uylari, shuningdek, ishonchli va uzoq muddatli sheriklar hisoblangan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlarga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha oldindan to‘lovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivini ochmasdan yoki birinchi toifali xorijiy bank kafolatini rasmiylashtirmasdan ruxsat beriladi.

    Ushbu hujjatlar taqdim etilsa, hech qanday to‘siq bo‘lmaydi. Bu borada ham yetarlicha imtiyoz va qulayliklar borligini sohada faoliyat yuritayotgan har bir tadbirkor bilishi kerak. Axir bunday talab bilan tadbirkorning manfaati himoya qilinmoqda. Shartnoma tuzilgan bo‘lsada, tegishli mablag‘ni sud orqali undirayotganlarga bu holat yaxshi tanish.

    Fikrlar va qarashlar bir taraflama bo‘lib qolmasligi uchun Farg‘ona viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Oltiariq tuman raisi Rafiq O‘rmonovning ham fikrlari bilan qiziqdik.

    — O‘tgan yili tumanimizda 26 million dollarlik meva-sabzavot eksportga yo‘naltirildi, — deydi R.O‘rmonov. — Bahorning o‘tgan kunlarida esa 2 million dollarlik mahsulotni tashqi bozorga chiqarib ulgurdik. Tadbirkor, fermerlarimiz bemalol yangi karam, bodring, ko‘katlarni eksport qilmoqda. Hozir tadbirkorlarimiz aholidan gilosni kilogrammini 30 ming so‘mdan xarid qilib, chetga yetkazishni boshladi.

    Agar turp masalasiga keladigan bo‘lsak, o‘tgan yili uning kilogrammi 2-3 ming so‘mga chiqqandi. U vaqtda qimmat sotayapmiz, rahmat degan fikr aytilmadi. Bu yil arzon bo‘lgani uchun tadbirkorlar qimmat bo‘lishini kutib, vaqtni boy berdi. Endi esa kech. Bozorga rediska, bodring, turli ko‘katlar chiqqanda turp yoki tuzlangan karamni iste’mol qiluvchilar kam bo‘lishi kunday ayon.

    09.05.2018, 09:39   Izoh (0)   32636
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fotojamlanma: Mudofaa vazirligi tomonidan Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ruhda nishonlanmoqda

    09.05.2018, 08:51

    Video: 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan Adliya vazirligining videotabrigi

    09.05.2018, 08:34

    Paynet asoschisi AKTni rivojlantirish jamoatchilik kengashi raisi etib saylandi

    09.05.2018, 07:40

    Sirdaryodagi gaz quyish shoxobchasida Nexia gaz balloni portladi

    09.05.2018, 07:21

    O‘zbekistonda Bosh prokuratura akademiyasi tashkil etiladi

    09.05.2018, 06:41

    O‘zbekiston mart-aprel oylarida Ukraina shakarining asosiy xaridoriga aylandi

    08.05.2018, 23:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.