6-may kuni rossiyalik teatr va kino aktyori, Sobiq ittifoq xalq artisti Vladimir Etush 95 yoshini nishonladi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Vladimir Etush aniqlik kiritishicha, pasporti bo‘yicha, 95 yoshini nishonlaydi, aslida esa u 96 yoshda: onasi o‘g‘lining armiyaga kechroq borishini istagani tufayli, uning tug‘ilgan yilini hujjatlarda 1922 emas, 1923-yil deb o‘zgartirib qo‘ygan.
Aktyor o‘zbekistonlik tomoshabinlarga “Kavkaz asirasi”, “O‘n ikki stul”, “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi”, “Buratinoning sarguzashtlari” kabi filmlardagi rollari bilan tanish.
Izoh (0)