Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 2-may kuni YPX inspektori bilan bog‘liq hodisa ro‘y berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Shu kuni soat 19:00 atrofida “Toshkent Avto Agent” MChJ haydovchisi Sh.A o‘ziga biriktirilgan Cobalt rusumli mashinani Mirzo Ulug‘bek—Do‘rmon yo‘li ko‘chalari chorrahasida haydab ketayotib, shu hududda xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektori, kichik serjant Yu.Sultonovni urib yubordi.
Hodisa tufayli Yu.Sultonov jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)