Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

4-may kuni “Terrorizm va zo‘ravonlik ekstremizmiga qarshi kurash” mavzusidagi xalqaro konferensiyada (Dushanbe, 3-4-may) ishtirok etayotgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston davlat tashqi ishlar vaziri Mobasher Javed Akbar bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: TIV matbuot xizmati

Foto: TIV matbuot xizmati

Suhbat davomida O‘zbekiston – Hindiston hamkorligining amaliy jihatlari, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

Muzokaralarda 27-mart kuni Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlikning muayyan mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv chog‘ida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisi kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu tadbirda Hindiston tomoni birinchi marta tashkilotning to‘liq a’zosi sifatida ishtirok etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi