Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda Rossiya eksport markazining rasmiy vakolatxonasi yaqin orada ochiladi, deb yozadi Sputnik ushbu vakolatxona rahbari Dmitriy Proxorenkoga tayanib. Muassasa o‘tgan yildayoq ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

“Biz belgilangan vaqt doirasidan chiqib ketdik, chunki Rossiyada siyosiy o‘zgarishlar bormoqda. Hozir biz vakolatxonani ochish uchun rahbariyatimizdan kimdir kelishini kutyapmiz. Hozircha buni taxminan  yilning birinchi yarmida, ehtimol mayda amalga oshirishni rejalashtiryapmiz”, — dedi Proxorenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Rossiya eksport markazi O‘zbekiston bilan aloqalarni faol rivojlantirmoqda. Rossiya tuzilmasi Respublika bilan qo‘shma loyihalar sonini faqat oshirishni rejalashtirmoqda.

“Bu O‘zbekistonda rivojlanish uchun salohiyatni ko‘rayotganimizning belgisidir, ehtimol, mahalliy vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro aloqalarimiz yaxshi oqimda bormoqda. Bu yerda loyihalar soni o‘sishini tushungan holda, vakolatxona ochishga qaror qildik”, — deya qayd etdi Proxorenko.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)