Devid Gudoll — avstraliyalik botanik va ekolog-statistik, ekologiya bo‘yicha yuzdan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 4-aprel kuni 104 ga kirgan Mitchellni Avstraliyada eng keksa olim sifatida bilishadi.
May oyida Gudoll evtanaziya amaliyotini (tibbiy yo‘l bilan hayotni to‘xtatish) o‘tash uchun Shveysariyaga ketadi. Bu haqda Meduza nashri xabar qilgan.
“Men bu yoshga yetganimdan afsuslanaman, bundan 20-30 yilga yoshroq bo‘lishni istagan bo‘lardim. Men kabi keksa kishining fuqarolik huquqlari, jumladan, o‘z joniga qasd qilish huquqi kafolatlanishi kerak” — dedi Gudoll o‘z tug’ilgan kunida.
Gudoll 20 yildan buyon Exit International tashkilotiga a’zo. Exit International dunyo bo‘ylab kishilarning o‘z joniga qasd qilish huquqini qonuniylashtirish uchun kurashadi.
The Washington Post Gudollning hech qanday hastaligi yo‘qligi, 90 yoshgacha tennis o‘ynagani va shu kungacha universitetda dars berib kelayotganini xabar qilgan.
Izoh (0)