Qobul Berdiyev Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqarolik muhofazasi instituti raisi etib tayinlandi. Bu haqda, FVV matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Ushbu lavozimda bunga qadar Zafar To‘rayev faoliyat yuritayotgan edi, u institut raisining o‘rinbosariligiga qaytdi.
Qobul Berdiyev 2017-yilning sentabridan buyon Qurolli Kuchlar akademiyasini boshqarib kelayotgandi. 2008—2017-yillar davomida O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida ishlagan.
Izoh (0)