Suriyaning Xama va Aleppo shaharlari yaqinidagi hukumat obyektlariga berilgan oxirgi ikki yirik aviazarbaga Pentagonning aloqasi yo‘q. Bu haqda boshqarma rahbari Jeyms Mettis ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“O‘tgan kechada Suriyaga hech qanday zarba bermadik”, — dedi Mettis Xama hududiga berilgan birinchi zarba haqida jurnalistlar savollariga javob bera turib.
U endigina Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvdan qaytganligini tasdiqladi, biroq zarbalarni ular bergan bo‘lsa, Isroil aviatsiyasi bunga biror-bir yordam ko‘rsatgan-ko‘rsatmaganligiga izoh berishdan bosh tortdi.
Aleppo hududiga berilgan zarba haqidagi savolga javob bera turib, u o‘tgan kecha berilgan zarbaga Pentagonning hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.
Izoh (0)