O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish natijasida ikki mamlakat tadbirkorlik subyektlariga yanada ko‘maklashish maqsadida Turkiya Respublikasi Prezidenti T.R. Erdo‘g‘onning 2018-yil 30-apreldagi O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Turkiya Eksimbanki bilan 26 million dollarlik banklararo kredit bitimini imzoladi.
Ushbu bitim Turkiya Respublikasidan zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlarni yanada jalb qilishga xizmat qiladi. Kredit mablag‘lari turk banki tomonidan o‘zbek tadbirkorlari arizalarini uzoq muddatli kreditlash (5 yilgacha, loyiha qiymatining 85 foizigacha moliyalashtirish bilan) va qisqa muddatli kreditlash (2 yilgacha, loyiha qiymatining 100 foizgacha moliyalashtirish bilan) yuzasidan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha taqdim etiladi.
E’tiborlisi, mazkur kredit liniyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolatini taqdim etish borasidagi mexanizmsiz jalb qilingan.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)