O‘zbekistonda sudlar mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi komissiya tuzildi, deb xabar beradi O‘zA.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qo‘shma qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur Komissiya:
- Sudlar va sudyalar mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlari ustidan nazorat olib boradi;
- Muammolarni, sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini tanqidiy tahlil qiladi, amaldagi holatni o‘rganadi;
- Odil sudlovga va sudyalar mustaqilligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni aniqlaydi;
- Sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar beradi.
Komissiya majlislari ochiq-oshkora tarzda o‘tkaziladi. Ayrim holatlarda majlis yopiq tarzda o‘tkazilishi mumkin. U sudlarning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashmaydi.
Komissiya raisi etib Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbati bilan bir yillik muddatga tasdiqlanadi. Komissiya o‘z faoliyati haqida Oliy Majlis palatalariga har yili hisobot taqdim etib boradi.
Izoh (0)