Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

London Tabiiy tarix muzeyi tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan chumolixo‘r surati soxta bo‘lib chiqdi. Bu haqda tanlovning Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: Marcio Cabral / Wildlife Photographer of the Year

Foto: Marcio Cabral / Wildlife Photographer of the Year

Marsio Kabrala tomonidan taqdim etilgan “Tunggi bosqinchi” suratida tasvirlangan yovvoyi chumolixo‘r “Tabiiy sharoitdagi jonzot” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Noma’lum shaxs muzeyga Kabralaning suratida tasvirlangan hayvon kabi turgan chumolixo‘rning suratini yuborgan. Ushbu suratlarda tasvirlangan jonzot Emas milliy bog‘i kiraverishiga o‘rnatilgan tulum bo‘lib chiqdi.

Bir-biridan mustaqil tekshiruv o‘tkazgan besh nafar mutaxassis ikkala suratda ham bitta jonzot tasvirlangan degan xulosaga keldi.

Shundan so‘ng tanlovning Twitter’dagi rasmiy sahifasida “Tunggi bosqinchi” diskvalifikatsiya qilingani borasida xabar paydo bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi