Iroq sudi 19 nafar rossiyalik ayolni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda mahalliy Al Sumaria telekanali xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Ularning barchasi IShID terrorchilik guruhiga ishtirokchilikda ayblanmoqda. Telekanal boshqa tafsilotlarni hozircha ma’lum qilmadi.
Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya fuqaroligiga ega ekanligi taxmin qilinayotgan 50 nafardan 70 nafargacha ayol Iroq qamoqxonalarida qolmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)