Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida havo sharlari osmonga ko‘tarildi. Facebook’dagi Airballoon.uz sahifasida ma’lum qilinishicha, havo sharlari 800 metr balandlikka ko‘tarilgan.
Avvalroq Aeronavtika xalqaro assotsiatsiyasi (FAI) va O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi vakillari 27-aprel kuni Boysun osmoniga parvozni amalga oshirishi aytilgan edi. Boysunda 28—29-aprel kunlari “Boysun bahori” festivali bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)