2001-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkdagi egizak minoralarda yong‘inni bartaraf etishda qatnashgan o‘t o‘chiruvchilarning juda katta qismi qon saratonidan aziyat chekmoqda. Ular orasida bu kasallik g‘ayrioddiy tarzda ko‘p uchraydi, deb yozadi TengriNews.
Masalani o‘rgangan tibbiyot xodimlarining ta’kidlashicha, ko‘pgina qutqaruvchilar va ularning yordamchilari monoklonal gomeopatiya tashuvchilariga aylangan. Bu saratonning boshlanishi alomatidir.
“Bu degani o‘t o‘chiruvchilar shaharning boshqa istiqomatchilariga nisbatan ko‘proq miyeloma qurbonlariga aylanadi”, — ta’kidladi Nyu-Yorkdagi Albert Eynshteyn nomidagi tibbiyot kolleji vakili Amit Varma.
Olimlar ko‘pdan buyon o‘t o‘chirishning xavfli jihatlarini o‘rganmoqda. Olov, issiqlik va tutun o‘t o‘chiruvchini o‘ldirishi ham mumkin. Shuningdek, bunaqa muhitda ko‘p bo‘lishi saratonga olib kelishi mumkin.
Izoh (0)