Hindistonda jahondagi eng baland haykal qurib bitirilmoqda. Gujorat shtatidagi Vadodar shahri yaqinidagi sun’iy ko‘l o‘rtasida joylashgan haykal Hindiston ozodligi kurashchisi Vallabxai Patelga bag‘ishlangan, deb xabar beradi TravelAsk.
Ayni paytda dunyodagi eng baland haykal Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Budda haykali bo‘lib, uning balandligi 128 metrni tashkil etadi. Vallabxai Patel haykali esa undan 54 metrga balandroq bo‘ladi.
Qurilish bitgach, haykal balandligi 180 metrni, pyedestal bilan 240 metrni tashkil etadi.
Haykalga taxminan 320 million dollar sarflandi. Mablag‘ning 34 million dollarlik qismini Hindiston bosh vaziri Narendra Modi xayriya qildi.
Izoh (0)