Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 26-aprel kuni E.T ismli kollej o‘quvchisi mast holda o‘z tanishini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, noxush hodisa taxminan soat 00:30 larda sodir bo‘lgan. G‘azalkent shahri Bo‘stonliq tumanidagi Qurilish va kommunal xo‘jalik kasb-hunar kollejining 2-bosqich o‘quvchisi mast holda U.N ismli tanishi bilan janjallashib qolib, uning ko‘krak qismiga pichoq urib, jarohat yetkazgan.
Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. E.T esa huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan.
Izoh (0)