Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilingan haqida xabar berilgan edi.

Foto: UEFA.com

Foto: UEFA.com

Ma’lumki, 24—25-aprel kunlari Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final bosqichining dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda “Liverpul” “Roma”ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi. “Mersisayd” klubi tarkibida misrlik Muhammad Saloh 2 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, “Bavariya” o‘z maydonida “Real Madrid”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Madridliklarning javob goliga Marselo mualliflik qilgan edi.

Muhammad Saloh hamda Marselo Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzod sifatida ko‘rsatilgandi. Ovoz berish jarayoni yakunlanib, haftaning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi. Unga ko‘ra, Muhammad Saloh 92 % ovoz bilan Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Ikkinchi nomzod Marselo esa 8 % ovoz bilan chegaralandi.

Ma’lumot uchun, yarim finalning javob uchrashuvlari 1—2-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda