Prezident Matbuot xizmati “Navoiyazot” AJda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar va Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 19-aprel kuni Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu loyihalar bilan tanishgani tasvirlangan videoni e’lon qildi.
Kimyo sanoatining eng yirik korxonasi — “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida uchta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Bular “Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasini qurish”, “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlarini qurish” va “Azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalaridir.
Umumiy qiymati 1,7 milliard dollar bo‘lgan ushbu quvvatlar Xitoy, Yaponiya va Shveysariya bilan hamkorlikda barpo etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev mazkur korxonalar qurilishining borishi bilan tanishgan edi.
Izoh (0)