27-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Shanxay hamkorlik tashkiloti hukumat ishlari bo‘yicha maxsus vakili, Xitoyning ShHTdagi milliy koordinatori Sun Lisze boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida ikki mamlakatning ShHT doirasidagi hamkorligi, Sindao shahrida o‘tadigan SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi.
Tomonlar kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Izoh (0)