Surxondaryo viloyati Angor tumanida istiqomat qiluvchi 81 yoshli Elmurod bobo Choriyev velosipedda Qirg‘izistonga sayohatga otlandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Bir kunda yo‘lning past-balandligiga qarab 70−80 kilometrdan 120−130 kilometrgacha masofani bosib o‘tayotgan bobo Surxondaryodan Toshkentgacha 8 kunda yetib kelgan.
Elmurod boboning aytishicha, u avvaliga Xitoygacha borishni mo‘ljal qilgan edi. Biroq viza va boshqa xarajatlar qimmatga tushgani uchun safarini Qirg‘izistonda yakunlashga qaror qildi.
“1958-yilda Andijon shahrida ochilgan bir yillik savdo kursida tahsil olganman. O‘shanda uch do‘stim bilan Qirg‘izistonning O‘sh shahriga sayohatga borganmiz. O‘sh va boshqa shaharlariga borib, rasmga tushib qaytmoqchiman”, — dedi Elmurod bobo Choriyev.
Izoh (0)