Poytaxtdagi yirik bozorlardan biri – Qo‘yliq dehqon bozori Toshkentdan tashqariga ko‘chiriladi. Bu haqda Bektemir tumani hokimi Shopo‘lat Asqarovga asoslaniv, Sputnik xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorning ko‘chirilish muddati aniq emas, hozirda uning qayerga ko‘chirilishi masalasi hal qilinmoqda. “Hozirda Toshkent viloyatida bozor ko‘chiriladigan joy aniqlanmoqda, u yerda yangi pavilonlar va barcha zarur infratuzilma bunyod etiladi. Bu ishlarni o‘tgan yili boshlash rejalashtirilgandi. Yangi bozor qurib bitkazilganidan keyin Qo‘yliq dehqon bozori u yerga ko‘chiriladi, uning yonida joylashgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori o‘z o‘rnida qoladi. Buyum va qurilish bozorlari ham joyida qoladi”, — deydi Asqarov.
Bozor ko‘chirilganidan so‘ng uning o‘rnida nima qurilishi hozircha noma’lum.
Izoh (0)