• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Muhammadjon Obidov: Muhammad Yusuf haqiqiy inson edi

    Bugun, 26-aprel O‘zbekiston xalq shoiri, marhum Muhammad Yusuf tavallud topgan kun. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Daryo” muxbiri Muhammadjon Obidov ushbu sana munosabati bilan o‘zbek xalqining sevimli shoiri haqidagi xotiralari bilan bo‘lishadi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    She’riyat ilohiy kuch, ruh bilan bog‘liq. Insonparvar g‘oyaga yo‘g‘rilgan, yuksak badiiyat darajasidagi she’riyat esa bashar mulki, ma’naviy suyanchga aylanadi. Muhammad Yusuf ijodi ham shu maqomga yetgan. Undagi inson ichki kechinmalari, hayot haqiqati abadiyat qonunlariga hamohang, badiiy jihatdan oddiy ibora, sodda so‘z, samimiy ifoda uyg‘unligidagi o‘lmas san’at asari maqomiga yetgan.

    Men muxlisman va Muhammad Yusufdek yorqin yulduz ijodini talqin qilolmasman. Ammo zamondosh sifatida aytmoqchimanki, u nafaqat shoir edi…

    Ishonchim komil, Muhammadjon nainki men, balki unga o‘z qalbini ochib murojaat qilgan o‘nlab do‘stlari, oddiy odamlarga ruhiy tayanch, hamdard bo‘la olgan ulug‘ inson edi.

    O‘tgan asrning saksoninchi yillari oxirlab borardi. Toshkentning mashhur Navoiy ko‘chasi 30-uy qarshisida (bu binoda bir necha nashriyotlar joylashgandi) uchrashib qoldik. quchoqlashib ko‘rishdik. Muhammad Yusuf menga otam vafoti bilan hamdardlik bildirdi. Ishlari bilan bo‘lib Marg‘ilonga borolmaganiga uzr aytdi. O‘lim ota meros, taqdiri azal ekani haqida gapirib, ko‘nglimni ko‘tardi. Birga tushlik qildik. Talabalik yillarini esladi. Yana gap aylanib dadamga to‘xtaldi:

    – Marg‘ilonda, uyingizda mehmon bo‘lganim hech yodimdan chiqmaydi, – dedi u. – Xudo rahmat qilsin, Dolimjon tog‘a xo‘p ma’rifatli, san’atsevar inson edilar…

    Ko‘zimga duv etib yosh keldi. Xotiralarim uyg‘ondi.

    ...Talaba edik. Ta’til chog‘ida Muhammad Yusuf bilan Marg‘ilonga kelsak, uyimiz to‘la mehmon ekan. Dadam hofiz Tavakkal Qodirov bilan yaqin do‘st edilar. Uning har bir qo‘shig‘ini yod bilar, ba’zida o‘zlaricha hirgoyi ham qilib qo‘yardilar. O‘sha kuni uyimizda dadam ulfatlariga “gap” berayotgan, Tavakkal aka esa jo‘shib kuylayotgan edi…

    – Dadamning vafoti men uchun nafaqat musibat, balki qalbimga umrbod tarqalmas armon toshini osib ketdi. U kishi qazo qilganlarida Marg‘ilonda emasdim, oxirgi yo‘lga kuzatish menga nasib qilmadi.

    Men o‘zimni tuta olmay Muhammad Yusufning yelkasiga bosh qo‘yib yig‘lardim. U meni bag‘riga bosib, yelkamga ohista qoqib qo‘ydi-yu, stol ustidagi salfetkadan bir dona olib hech to‘xtamay, biron so‘zni tahrir qilmay turib yozdi va:

    – Taqdir ekan, adash, bardam bo‘ling, – dedi-da, haligi qog‘oz parchasini ko‘krak cho‘ntagimga solib qo‘ydi. So‘ng xayrlashdik.

    Uyga kelgach, qog‘ozdagi satrlarni o‘qidim:

    Har kimning ham sochlariga oq tushsin,

    To‘ylar ko‘rib, yelkasidan tog‘ tushsin

    Va jismiga so‘nggi safar chog‘ida

    O‘z bolasi qo‘lidan tuproq tushsin.

    Aftidan, qalbimdagi alamli armon shoir ruhiga ko‘chgan edi. Unga o‘sha tuyg‘ular tinchlik bermagan. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, uning mana bu she’ri e’lon qilindi:

    Har kimning ham sochlariga oq tushsin,

    Ajin tushgan yuzlariga dog‘ tushsin.

    Har kimning ham quvvat ketib belidan

    Qo‘llariga aso – bir tayoq tushsin.

    Iymoni sof, yuzga kirib yorug‘ yuz,

    To‘ylar ko‘rib, yelkasidan tog‘ tushsin.

    Va jismiga so‘nggi safar oldidan,

    O‘z bolasin qo‘lidan tuproq tushsin…

    Har gal Marg‘ilondagi “Xo‘ja Porso” qabristoniga, dadamning abadiy oromgohlariga borib, tilovat qilgach, Yaratgandan Muhammad Yusufga ham jannatli maqom tilayman. Chunki uning o‘sha yozib bergan to‘rt satr she’ri shu yerga o‘rnatilgan qabr toshiga o‘yib yozib qo‘yilgan:

    Har kimning ham sochlariga oq tushsin,

    To‘ylar ko‘rib, yelkasidan tog‘ tushsin

    Va jismiga so‘nggi safar chog‘ida

    O‘z bolasi qo‘lidan tuproq tushsin...

    26.04.2018, 22:21   Izoh (0)   28066
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahon banki O‘zbekistonda tez yordamni rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratdi

    26.04.2018, 21:31

    Moliya vazirligi tashuvchi kompaniyalar o‘z daromadining katta qismini yashirayotganini ma’lum qildi

    26.04.2018, 21:06

    Toshkent bozorlarida 600 dona qalbaki 50 ming so‘mlik muomalaga kiritilgani aniqlandi (video)

    26.04.2018, 20:26

    “Toshkentda o‘tirishga hech kimga ruxsat bermayman”. Shavkat Mirziyoyev endi rahbar va vazirlarning 70 foiz hayoti viloyatlarda o‘tishini e’lon qildi

    26.04.2018, 19:19

    “Bunaqa toshbaqa qadamlar bilan turmush darajasini ko‘tara olmaymiz”. Shavkat Mirziyoyev Toshkent mas’ullariga olti oy muhlat berdi

    26.04.2018, 19:06

    Tashqi ishlar vazirligida Turkmaniston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    26.04.2018, 18:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35

    “Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 12 iyul, 11:25

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.