Shpitsbergen arxipelagidagi orollardan birida joylashgan uch xonali bunkerni turlicha nomlashadi: “Dunyodagi eng muhim xona”, “Sayyoraning asosiy sovitgichi”. Ammo u eng ko‘p “Qiyomat kuni omborxonasi” sifatida mashhur, deb yozadi Travel Ask.
Bu epitet (sifat)larning hech biri obyektning ahamiyatini oshirib ko‘rsatmaydi, axir uning maqsadi — global falokat yuz bergan taqdirda insoniyatni oziq-ovqat bilan ta’minlash. Shu tufayli bu yerda (-18 darajali haroratda) turfa xil qishloq xo‘jalik ekinlarining mingdan ortiq turdagi urug‘larining namunalari saqlanadi. Omborxona yilda ikki hafta tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochadi, ushbu rolik muallifi esa fursatdan foydalanib qoldi va ulkan sovitgich bo‘ylab sayohat uyushtirdi.
Izoh (0)