Nihol mukofoti sovrindori Umidaxon turmushga chiqyapti. Xonanda so‘nggi paytlarda sevgi-muhabbat, to‘y va oila haqida ketma-ket, ma’no-mazmunga boy rasmlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirayotganidan ham, bu yangilikni taxmin qilish qiyin emas edi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Bo‘lajak kuyov ham san’atning odami.
Ko‘p yillar xonanda Manzuraning ma’muri, hozir esa Nilufar Usmonova, Jasur Umirov bilan hamkorlik qilib kelayotgan Jamshidbek. U shou-biznesda, nafaqat, professional balki, samimiy va chiroyli odobi bilan ham hurmatga sazovor bo‘lgan.
Jamshid va Umidaxon avvaliga do‘stlashib, so‘ng bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan. Ammo hech kimga sir boy bermagan.
Bugun esa ularning fotihasi bo‘lib o‘tdi.
Hozircha, yoshlar to‘y sanasi haqida aniq gap aytmasa-da, bu hodisa tez kunlarda bo‘lib o‘tishini taxmin qilish mumkin.
Izoh (0)