Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindiston hukumati 21-aprel kuni 12 yoshdan kichik qizlarni guruh bo‘lib zo‘rlash uchun o‘lim jazosini joriy etish haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Economic Times nashri xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: Fotolia

Foto: Fotolia

Mazkur qaror bolalarni jinsiy zo‘ravonlikdan himoya qilish haqidagi qonunga (POCSO) tuzatishdir. Endilikda 12 yoshgacha bo‘lgan qizlarning nomusiga tekkanlik uchun 20 yillik qamoq jazosi yoki umrbod qamoq jazosi minimal jazo bo‘ladi. 12 yoshdan kichik qizlarni guruh bo‘lib zo‘rlash uchun esa umrbod qamoq jazosi yoki o‘lim jazosi joriy qilinmoqda.

Tuzatish, shuningdek, ayollar va o‘smir qizlarning nomusiga tekkanlik uchun minimal muddatlarni oshirishni ko‘zda tutadi. Ayol kishining nomusiga tekkanlik uchun endilikda minimal muddat yetti yil o‘rniga o‘n yil, 16 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan qizlarning nomusiga tekkanlik uchun esa o‘n yil o‘rniga umrbod qamoq jazosi tayinlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi