Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 10-turida stadionlarda haqiqiy futbol bayramlari tashkil etiladi, deb xabar bermoqda O‘FA.
O‘FA xabarida qayd etilishicha, jumladan, 10-turda o‘yinlar bo‘lib o‘tadigan 6 ta stadionning har birida uchrashuvni tomosha qilish uchun kelgan muxlislarga Superliga titul homiysi Pepsi kompaniyasi tomonidan bepul salqin ichimliklar tarqatiladi. Shuningdek, o‘yinlar oldidan stadionlarda estrada yulduzlari ishtirokida qiziqarli shou-dasturlar namoyish qilinadi. 10-turdan o‘rin olgan bellashuvlar yakuniga yetach esa 6 ta stadionning har birida o‘ziga xos lotereya tashkil qilinadi. Lotereyada omadi kelgan ikki nafardan muxlisga iPhone 8 smartfoni taqdim etiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 10-turning har bir o‘yiniga 2 mingtadan chiptalar bepul muxlislarga tarqatiladi, deyiladi O‘FA xabarida. Superliga 10-tur uchrashuvlari 4—6-may sanasida bo‘lib o‘tadi.
Superliga
10-tur bellashuvlari
4-may (juma)
Izoh (0)