Shimoliy Koreyadagi barcha narsalar haqida bo‘lgani kabi, Pxenyan metropoliteni haqida ham hayratlanarli hikoyalar va mish-mishlarni eshitish mumkin, deya Travel Ask bloger Eduard Gavaylerning so‘zlarini keltiradi.
Masalan, Pxenyandagi metro — urush yuzaga kelgan taqdirda mamlakat rahbariyatini bekitish uchun mo‘ljallangan strategik harbiy obyektning bir qismi. Yoki, umuman, metro — g‘irt “sahnalashtirilgan” va soxta narsa.
Shimoliy Koreya metrosi dunyodagi eng arzon metro deb hisoblaniladi, yo‘lkira taxminan 3—4 sentga teng. Pxenyanga sayohat qilgan blogerning guruhiga bir nechta bekatlarni ko‘rsatishgan va ikkita liniyadan bittasida 1957—1965-yillarda Germaniyada ishlab chiqarilgan va dastlab Berlinda foydalanilgan vagonlarda yurishga ruxsat berishgan.
Izoh (0)