Maktab o‘quvchilari uchun yakuniy imtihon savollari tayyorlandi
Xalq ta’limi vazirining 2018-yil 28-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning bosqichli yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 51-sonli buyrug‘iga asosan imtihon savollari tayyorlandi. Bu haqda vazirlik saytida ma’lum qilindi.
Imtihon savollari umumta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ta’lim olib boriladigan yettita tilda ishlab chiqilgan.
Joriy yilda umumta’lim muassasalarining 5, 8 va 10-sinf o‘quvchilari og‘zaki, yozma imtihon yoki test sinovlari shaklida bosqichli nazorat, 9-sinf o‘quvchilari davlat attestatsiyasi shaklida yakuniy nazorat imtihonlarini topshiradi.
Test savollarini vazirlik saytidan ko‘chirib olish mumkin.