Fillipin Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Vilfredo Santoza madaniyat vazirligiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Mehmonni O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov qabul qildi.
Uchrashuv doirasida san’atkor va ijodkorlarni ikki tomonlama xalqaro festivallarda ishtiroklari ta’minlanishi borasida so‘z yuritildi.
Fillipin elchisi Vilfredo Santoza madaniyat va san’at sohasini ikki tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish yuzasidan o‘z fikr va takliflarini berdi. Bu o‘z navbatida madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan ma’qullandi va har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga hissasini qo‘shishini aytdi.
Izoh (0)